21 Март 2022 йил 2172

Aziz hamshaharlar, poytaxtimiz mehmonlari!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan Sizlarni, barcha ichki ishlar organlari xodimlarini, faxriylarini hamda yurtimizda tinchlik va osoyishlatikni mustahkamlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila-a'zolarini yangilanish bayrami – Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman.

Xalqimiz Navro‘zni mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi sifatida ming yillardan beri nishonlab kelmoqda. Ushbu bayramning yangilanish, yasharish va go‘zallik timsoli bo‘lgan bahor faslida nishonlanishi ham bejiz emas. Bu kunda ko‘zlar quvonchga, qalblar umidga to‘ladi, yangi-yangi marralarni zabt etish ishtiyoqi oshadi. Yurtimizdagi bayram shukuhi har bir xonadonga kirib boradi.

Ushbu bayramda barchangizga baxtu saodat, oilangizga tinchlik, xotirjamlik, xonadoningizga fayzu baraka tilayman.
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov

Барча янгиликлар

Text to speech