24 Март 2022 йил 1609

Bedarak yo'qolganlarning qidiruvida ko'mak so'raymiz

1973-yilda tug'ilgan Gavrin Konstantin Nikolaevich 2021-yil 9-may kuni Navoiy viloyatiga ketib qaytib kelmagan.


Belgilari: bo'yi 190-195 sm, ozg'indan kelgan, sochlari kalta va sarg'ish, qornida chandig‘i bor.
Kiyimlari: oq futbolka, qora shorti.

 

1995-yilda tug'ilgan Abduvaitov Dilshod Abdug‘ani o‘g‘li, joriy yilning 23 yanvar kuni, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ravnaq ko‘chasi manzilidagi uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.


Belgilari: bo'yi 180-185 sm, o'rtacha gavdali, sochlari qora.
Kiyimlari: yashil kurtka, jinsi shim, ko'k rangli krossovka.

Hurmatli fuqarolar! Аgar sizda yuqoridagi shaxslar to'g'risida ma’lumot bo'lsa, eng yaqin ichki ishlar bo'limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so'raymiz.

Барча янгиликлар

Text to speech