18 Май 2022 йил 1600

18 may - Xalqaro muzeylar kuni

1977 yilning 18 may kunidan boshlab dunyoda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanib kelinadi. Muzeylar jamiyat rivoji yo‘lida xizmat qiluvchi institutdir. Muzeyda har bir inson o‘zini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishi mumkin.
2021 yilda Toshkent shahar IIBB hududida “Shon-sharaf” muzeyi o‘z eshiklarini ochdi. Xohlovchilar mazkur muzeyga oldindan qayd etilgan holda kelishlari mumkin. Muzeyda taqdim etilgan eksponatlar tarixning turli davrlarida jamoat xavfsizligi sohasining rivojlanish bosqichlarini tasvirlaydi. Muzeyda shaxsiy tarkibning turli yillardagi forma kiyimlari, qurol, maxsus vosita va jihozlari namunalari to‘plangan. Alohida ko‘rgazmalar xizmat burchini ado etish davomida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari faxriylariga bag‘ishlangan. Tashrif buyuruvchilar uchun muzey eshiklari doimo ochiq.

Барча янгиликлар

Text to speech