Специальные возможности:

Мы в социальных сетях:

6 Января 2024 Год 3030

Информационное сообщение

Ijtimoiy tarmoqlarda bepul kiyim-kechak olishga kelgan fuqarolar tomonidan yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 4 yanvar kuni Yunusobod tumanida joylashgan “Brend rows” nomli savdo do‘konida erkaklar uchun 300 dona qishki palto mahsulotlari tekinga tarqatilishi rejalashtirilib, bu xabar “Tekinga palto 300 dona” deb nomlangan sarlavha bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan. Natijada ko‘plab fuqarolar ushbu do‘konga tashrif buyurgan va do‘kon oldida tartibsizliklar yuzaga kelgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari aralashuvi bilan jamoat tartibi saqlanib, vaziyat nazoratga olingan, hech kim jarohatlanmagan.         

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Brend rows” nomli savdo do‘koni rahbari 1999 y.t. S.I.ga O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-1-moddasiga (“Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish”) asosan, ushbu do‘konning 9 nafar ishchilariga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan S.I.ga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi, 9 nafar fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Все новости

Text to speech