27 Yanvar 2024 Yil 30

Yosh xodim ishonchni oqlayapti

4-sonli IIB xotin-qizlar masa­lalari bo‘yicha inspektori, leytenant Robiya Ernazarova faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. U xizmat hududidagi «Posira», «Yunus­obod», «Akbarobod», «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Qadrdon», «Bog‘i bo‘ston», «Obod» kabi mahalla fuqarolar yig‘inlari­ning raislari va xotin-qizlar faollari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu bois oilalardagi nizo va kelishmovchiliklar dastlabki jarayondayoq mahalla faollari, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda bartaraf etiladi. Albatta, ba’zan hamma ham birdek murosaga kelmasligi tabiiy. Bunday holatlarda leytenant Robiya Ernazarova jabr ko‘rgan xotin-qiz­larni huquqiy himoya qilishga kirishadi va himoya orderi berilishi chorasini ko‘radi. 

Mahallalardagi «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida yosh xodim faollik ko‘rsatmoqda. 


Abror POYONOV,

o‘z muxbirimiz.

Toshkent shahri.


© POSTDA – На посту

Barcha yangiliklar

Text to speech