15 Yanvar 2024 Yil 168

Ulkan mas’uliyat yuklaydi

Yoshlar – mamlakat kelajagi, ertangi kunning davomchilaridir. Bugun jonajon yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan izchil islohotlar biz, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

O‘tkazilayotgan kitobxonlik tanlovlari, sport musobaqalari, fan olimpiadalari va boshqa ko‘plab tadbirlar ming-minglab iqtidorli yoshlarni kashf etayotgani bilan ahamiyatlidir. Quvonarlisi, bu tadbirlarda ichki ishlar organlarining yosh xodimlari ham faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarida bo‘lib o‘tgan «Eng yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlarida ko‘plab tengdoshlarimizning uyushqoqlik bilan qatnashgani «bugungi yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi» degan tushunchaning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi, desak, mubolag‘a emas. 

Xizmat faoliyatimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda ham muhim o‘rin tutadi. Chunki kitob o‘qigan, qonunlarni bilgan odam qilmishining oqibatini yaxshi anglaydi. 

2024-yilning – «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nomlanishi zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi, albatta. Shunday ekan, o‘qib-izlanishimiz, yurtimiz osoyishtaligini ta’minlashga, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shi­shimiz talab etiladi.


Gavharoy ABDUMANSUROVA,

Uchtepa tumani IIOFMB 2-sonli IIB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi, leytenant.

Toshkent shahri.


© POSTDA – На посту

Barcha yangiliklar

Text to speech