4 Aprel 2025 Yil 0

YPH faoliyatidan

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. 

Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avtoulov boshqarish, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish yoki piyodalar o‘tish yo‘lakchasida piyodani o‘tkazib yubormaslik kabilar bor. Shuningdek, ularning har ikkisi ham bittadan qidiruvda bo‘lgan shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Ikki hamkasbning qoidabuzarlarga o‘z vaqtida ko‘rgan choralari tufayli haydovchilar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qanchadan-qancha yo‘l-transport hodisalarining oldi olinmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: