O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori tizimda sifatli kadrlar bilan ta'minlash imkonini beradi.
Mazkur qaror ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta'minlash, mahallalar, aholi turar joylari hamda butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.
Qarorda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanib, unda xodimlarni «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlariga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish kabi ulug‘vor maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, dolzarb vazifalar qatorida ichki ishlar organlarida inson omilini istisno etish va korrupsion holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida tizimni raqamlashtirish, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish maqsadida «Smart reyting», xodimlar bilan ishlashni tashkil etishda «E-XID» elektron axborot tizimini joriy qilish vazifalari ham belgilab berildi.
Farhod ABDULLAEV,
Sergeli tumani IIOFMB Kadrlar bilan ta'minlash guruhi katta inspektori, mayor