10 Aprel 2023 Yil 665

Asosiy vazifa – tezda aniqlash va fosh etish

Sergeli tumani IIO FMB tezkor-qidiruv xizmati va ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari hududda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va fosh etish, terrorizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida zarur tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

– Joriy yil boshidan buyon tuman miqyosida sodir etilgan jinoyatlarning 94 foizga yaqini ochilgan, – deydi tuman IIOFMB tezkor-qidiruv xizmati JQB bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik Davron O‘ktamov. Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganib, tahlil qilib, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib borishadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlari asosan tungi vaqtda jamoat joylarida sodir bo‘lmoqda. Shu sababli, birinchi navbatda, tumanda faoliyat olib borayotgan tungi ko‘ngilochar maskanlar, spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar faoliyati bo‘yicha ogohlantiruv ishlari hamda sovuq qurol bilan tan jarohati yetkazish holatlarining oldini olish maqsadida sohaviy xizmatlar bilan birgalikda «Tig‘» profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tuman IIO FMB HPB psixolog-inspektori, yoshlar masalalari bilan ishlash inspektorlari hamda boshqa davlat organlari, jamoat birlashmalari vakillari bilan hamkorlikda tarbiyasi og‘ir, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, oilaviy muhiti salbiy tomonga o‘zgargan, kuchli ta'sir etuvchi dori vositalari va psixotrop vositalarni iste'mol qiluvchi voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari o‘rtasida suhbatlar o‘tkazilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Sarvar SOBIROV,
© POSTDA – Na postu

Barcha yangiliklar

Text to speech