Sog‘liq inson hayotida eng bebaho ne’matdir. Tibbiyot xodimlari ana shu bebaho ne’matni asrashda barcha-barchaga birdek yordam bermoqda, najotkorimizga aylanmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasining katta jamoasi muassasada yaratilgan zamonaviy shart-sharoit va qulayliklardan unumli foydalanib, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari hamda soha faxriylarining salomatligini saqlash yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda.
Suratlarda: Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi rentgent laboranti Anora Kulibekova; poliklinika umumiy amaliyot shifokori Hafiza Rahmonova hamda hamshira Dilnoza Qosimovalar.