22 Yanvar 2025 Yil 187

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1-sonli Qarori yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida shaxsiy tarkib bilan muhokama o‘tkazildi. Unda masʼullar tomonidan qarorning mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga tushuntirildi.

Qizil hududdagi mahallalarda qarordan kelib chiqqan holda qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

Qaror ijrosini yuksak darajada taʼminlash maqsadida, tumanda olib boriladigan ishlar tahlil qilinib, rejalar tuzildi.

Jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan tashkil etiladigan chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda mahalla yettiligi bilan olib boriladigan amaliy ishlar tushuntirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech