20 Noyabr 2024 Yil 900

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2025/2026-o‘quv yil uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, yigirma besh yoshdagi umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega fuqarolar 

2025-yilning 15-fevral kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin.

Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 
160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.

Akademiyada o‘qish muddati uch yil bo‘lib, ichki ishlar organlarining quyidagi mutaxassislarni tayyorlab beradi:

- Tezkor-qidiruv faoliyati;

- Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;

- Ekspert-kriminalistika faoliyati;

- Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati;

- Probatsiya faoliyati;

- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash faoliyati;

- Tashkiliy-shtab yo‘nalishlari bo‘yicha.

O‘qishni tamomlagan kursantlarga yurist malakasi va leytenant maxsus unvonlari beriladi.

Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshirilib, u o‘z ichiga dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oladi.

Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

Dastlabki tanlov o‘z ichiga hujjatlarni to‘plash, o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarini olib, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maxsus kasbiy tanlov o‘z ichiga hujjatlarni o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash jarayonlarini olib, Akademiyada qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘z ichiga Huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va Tarbiya fanlaridan nomzodlarning bilimini baholash jarayonlarini olib, akademiyada qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Eslatma: Akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy kvotaning o‘n foizi bo‘yicha qabul qilinadi!

 

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 7-uy.

 

Barcha yangiliklar

Text to speech