9 Avgust 2024 Yil 1268

Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari keksa yoshdagilarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini olib borishmoqda

Keksa yoshdagi, bemor va yolg‘iz insonlardan xabar olish har birimizning insoniy burchimizdir. Mustaqillik bayrami arafasida poytaxtimizning Yunusobod tuman IIO FMB mas'ul xodimlari hamda mahalla faollari va tibbiyot xodimlari bilan birga Buyuk Turon mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Vera Vasilevna Murina holidan xabar olishdi. Onaxonga tibbiy yordam ko‘rsatilib, zaruriy  oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. 

Vera Vasil'evna yurtimizdagi islohotlardan, keksalarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va hurmatdan juda mamnun ekanligini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, yuqorida nomi keltirilgan mahallada yashovchi yana bir yolg‘iz keksa ayol xonadoniga tashrif buyurildi, uning holidan xabar olindi. Popova Lyusik Grigor'evna bilan XQMB katta inspektorlari, hududiy profilaktika inspektori, mahalla xotin-qizlar faoli hamda poliklinika xodimlari bilan birgalikda suxbatlashilib, tibbiy yordam ko‘rsatildi. Kundalik uchun kerakli oziq-ovqatlari topshirildi.   

Bu kabi hayrli ishlar boshqa tumanlarda ham olib borilmoqda.


Barcha yangiliklar

Text to speech