22 Aprel 2024 Yil 803

Toshkent shahar IIBB: yoshlar muammolariga yechim topilmoqda

Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlari hamda tuman IIO FMBlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, yaqinda Toshkent shahar IIBB Tibbiyot boshqarmasi poliklinikasi rahbariyati tomonidan Uchtepa tumani «Qoziguzar» MFYda yashovchi 14-30 yoshda bo‘lgan yoshlarni sog‘lig‘ini tekshirish, muammolarini hal qilish va amaliy yordam berish maqsadida tibbiy kurikdan utkazildi. Malakali kardiolog, terapevt, jarroh, oftalmolog va boshqa shu kabi shifokorlar yoshlarni ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzini olib borish, sport bilan shug‘ullanish va o‘zini chiniqtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan mahallada yoshlarni xatlovdan o‘tkazish jarayonida ish izlab yurgan ayrim fuqarolar borligi aniqlandi. Jumladan, mahalla yosh fuqarosi X. Abdumannopov masʼullar bilan suhbat davomida anchadan beri ish izlab yurganligini, ishga joylashishda amaliy yordam so‘radi. Fuqaroning masalasi joyida hal etilib, kiyim-kechak uchun rangli tasvirlar bosish sexiga ishga joylashtirildi.

Shu bilan birga o‘rganishlar davomida shu mahallaning yana bir fuqarosi A. Mirbabayev ishlash maqsadida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida avtoservisda muhandis bo‘lib ishlashi maʼlum bo‘ldi. Masʼullar fuqaro bilan videoaloqa orqali muloqot qilib, muammolari bilan qiziqdi. Suhbat davomida fuqaro bilan doimiy aloqada bo‘lishga kelishib olindi.

Eng muhimi, joylarda ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan belgilangan reja asosidagi tizimli ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech