27 Iyul 2024 Yil 1391

Yoshlar muammolari hal etilmoqda

Shayxontohur tuman Kukcha Darvoza mahallasida tuman IIO FMB boshlig‘i O. Jamolov mahalla yoshlari bilan uchrashdi. Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, mahalla yoshlarining muammo, taklif va talablari eshitildi, ularga "Yoshlar daftari" orqali yordam ko‘rsatish masalasi o‘rganildi. Qabul davomida 14 ta  murojaatlar kelib tushdi.

 Asosan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun kredit mablag‘lari olish, ishga joylashish, zamonaviy o‘quv kurslarida o‘qishda ko‘maklashish va  boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga yechim izlandi. ko‘pchilik yigit-qizning murojaati shu yerning o‘zida yoshlar yetakchilari va tuman Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda hal etildi.  

Masalan, mazkur Ko‘kcha Darvoza mahallasida yashovchi 16 yoshli Maxamadjonova Shaxzoda xorijiy ingliz tili uchun IELTS sertifikati yo‘nalishida o‘qishi uchun kontrakt to‘lovni amalga oshirishda amaliy yordam so‘radi.

Murojaat qilgan yoshlarning masalalari MFY yoshlar yetakchilari va tuman Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mahalla yoshlar yetakchisiga topshiriqlar berildi. Murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.


Barcha yangiliklar

Text to speech