Yangihayot va Shayxontohur tumanlarida jinoyat muhokamalari bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizning Yangihayot va Shayxontohur tumanlarida jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Yangihayot tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman hokimi, IIO FMB boshlig‘i va mahalla mutasaddilari va fuqarolar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda keyingi paytda mahallalarda sodir etilgan bir necha jinoyat atroflicha muhokama qilinib, ularni keltirib chiqargan sabab va omillar haqida batafsil so‘z yuritildi. Kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, Shayxontohur tumanida bo‘lib o‘tgan jinoyat muhokamasida IIO FMB masʼul xodimlari, hokimiyat mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokama yig‘ilishida jinoyatning kelib chiqish sabab va oqibatlari haqida maʼlumot berilgach, har qanday sodir etilgan jinoiy qilmish jazosiz qolmasligi aytildi. Bunga hech birimiz befarq qaramasligimiz kerak, albatta. Shu bois kelgusida huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish uchun nazoratni yana-da kuchaytirib, mahalla faollari o‘z ishiga masʼuliyat bilan yondashishi alohida taʼkidlandi.
Muhokama yakunida mahalla yettiligiga o‘z hududlarida jinoyatchilikni oldini olish va bu borada IIO FMB bilan hamkorlikda ish olib borishlari zarurligi tushuntirildi.