16 Avgust 2024 Yil 1207

Yangihayot tumanidagi profilaktik ishlar to‘g‘risida

«Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi» doirasida hamda mustaqillik bayrami arafasida poytaxt tumanlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, jinoyatlarni "issiq izi"dan ochishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Yangihayot tumani IIO FMB sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan kompleks profilaktik tadbirlar doirasida ko‘p qavatli uylardagi 1248 xonadon "xonadonbay" tizim orqali tekshirildi. O‘rganish jarayonida ayrim xonadon egalarini qiynab kelayotgan muammolariga ham yechimlar izlandi va huquqiy maslahatlar berildi. Muqaddam sudlangan fuqarolar, probatsiya hisobda turgan va jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Profilaktik tadbirlar davomida alohida eʼtibor oilalardagi notinch ijtimoiy-maʼnaviy vaziyatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va uni yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga ham qaratildi.

Joylarda sayyor sud majlislarining o‘tkazilishi ham qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, odamlarning adolat va davlatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jinoyat va huquqbuzarliklar sonining kamayishida huquqiy targ‘ibot tadbirlari, xalq bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega. Aholi o‘rtasida, korxona va tashkilotlarning mehnat jamoalarida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish tadbirlari o‘tkazilayotgani bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek mahalla hududlarida "obod mahalla", "obod ko‘cha", "obod xonadon" dasturi asosida obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.


Barcha yangiliklar

Text to speech