3 Iyun 2024 Yil 5100

XIZMATGA QABUL QILISH BOʻYICHA TANLOV EʼLON QILINADI

Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga oʻtkaziladi.


Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

- Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta boʻlmasligi;

- Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi (zahiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);

- Oliy maʼlumotga ega boʻlishi.


Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida 

Toshkent shahar ichki ishlar organlarining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi: 

- Yoʻl-patrul faoliyati (boʻy erkaklar 175sm / ayollar 170sm);

- Pasport tizimini taʼminlash faoliyati (boʻy erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm);

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati (boʻy erkaklar 170 sm / ayollar 165 sm)

- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati (boʻy erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm)


Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga serjantlik lavozimlariga kirish istagida boʻlgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan joriy yilning 01-iyul kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00 gacha) Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka koʻchasi, 7-uy) quyidagi hujjatlar bilan kelishlari soʻraladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma (erkaklar uchun);

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom).


Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan nomzodlar roʻyxatga kiritilmaydi.

Barcha yangiliklar

Text to speech