4 Sentyabr 2024 Yil 949

XIZMATGA QABUL QILISH BOʻYICHA TANLOV

Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son va 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarorlari hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabrdagi 601-sonli buyrugʻi talablari asosida Toshkent shahar Ichki ishlar organlaridagi boʻsh lavozimlarga (faqat erkaklar) oʻtkaziladi.


Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

— Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qilishi;

— Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta boʻlmasligi;

— Oliy maʼlumotga ega boʻlishi;

— Boʻyi 165 sm va undan yuqori boʻlishi.


Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar Toshkent shahar Yunusobod tumani, Zaripova 2-tor koʻchasida (Chinobod koʻchasidan kiriladi) joylashgan “Toshkent shahar IIBB sport majmuasi”ga shaxsiy hujjatlari (pasport, harbiy guvohnoma, diplom) bilan kelishlari va “chrome” internet ilovasidan e-nomzod.iibb.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi.


Tanlov oʻtkazish vaqti haqida qoʻshimcha xabar qilinadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech