25 Sentyabr 2023 Yil 927

Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi delegasiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahri Jamoat Xavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lishdi.

Mehmonlarga Toshkent huquqni muhofaza qilish idorasining tuzilmasi va asosiy vazifalari, islohot va istiqboldagi rejalar haqida qisqacha so‘zlab berildi. Delegasiya a'zolari Toshkent shahar IIBB Axborot mul'timedia markazi hamda “Shon-sharaf” muzeyi faoliyati bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek, delegasiya a'zolari IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Uchtepa tumani huquq-tartibot maskani hamda Shayxontohur tumani IIO FMBning 3-sonli IIBga tashrif buyurdilar.

Tashrif yakuniga ko‘ra, ikki poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta'minlashda zamonaviy texnologiyalarni va sun'iy intellektni qo‘llashda hamkorlikni rivojlantirish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning internet tarmoqlari hamda telekommunikasiya texnologiyalari orqali muomalaga kiritilishi, transmilliy jinoyatchilikka qashi kurashishda amaliy hamkorlikni va ma'lumot almashishni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tashrif so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech