Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi vakili O‘tkir Akmirzayev maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud qonunchilik bazasi davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyilini taʼminlash, korrupsiyaning oldini olishga samarali xizmat qilayotganini, bundan tashqari ushbu illatga qarshi kurashish umummilliy ish ekanligini, unda barcha manfaatdor vazirliklar, idora va tashkilotlar, shuningdek, mamlakatimiz fuqarolari ishtirok etishi kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkibga 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan konsert dasturi namoyish etildi.