24 May 2024 Yil 924

Tuzini yeb...

Poytaxt IIBB navbatchilik qismiga Bektemir tumanidagi xonadonlardan birida o‘g‘irlik sodir etilganligi haqida xabar kelib tushdi. IIO xodimlari xonadonga tashrif buyurishganda, u yerda ustalar taʼmirlash ishlarini olib borishayotganiga guvoh bo‘ldilar. Uy egasi qimmatbaho uyali telefoni hamda 5 million so‘m o‘g‘irlanganligini maʼlum qilgan bo‘lsa, ishchilardan ikkisi o‘z shaxsiy qurilish uskunasining yo‘qolganligini bildirishdi. Ular bilan suhbatlashish chog‘ida, o‘g‘irlikni ishchilardan biri sodir etganligi gumon qilindi.

— Biz oldindan kelishib oldik, deydi o‘g‘irlikda gumon qilingan Sohib (ismlar o‘zgartirilgan). Men ish bilan band bo‘lib turgan birga ishlayotgan sheriklarimni chalg‘itib turganimda  Karim asta uy ichiga kirib “ishni bajardi”.

Suhbat chog‘ida ular mast bo‘lganliklari, uylariga borib kelish uchun uskunalarni o‘g‘irlab sotib yuborgani, yo‘l xarajatlaridan ortib  qolganini yeb-ichishganini tan oldilar.

Tergov jarayonida ularning aybi to‘liq isbotlandi, endi bu ikki hamtovoq qilmishi uchun qonun oldida javob beradi.

O‘g‘irlik qilgan ikki shaxs. Ammo uy egalari haqiqat aniqlangunga qadar ishchilarning baridan gumonda bo‘lib, hammasiga bir so‘z bilan tamg‘a urgandi. Kishini o‘ylantiradigan narsa bu ikki nopok shaxs bir jamoa bo‘lib ishlayotgan sheriklarini ham nomlarini bulg‘ashdan, yomonotlig‘ qilishdan hazar qilmagani. Zotan, mana shundaylarga tuzini yeb, tuzlig‘iga tupurish, deyilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech