9 Avgust 2024 Yil 899

Tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi

Poytaxtimiz tinchligini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tunu kun xizmat olib bormoqda.

Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar uchun navbatdagi yo‘riqnoma Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi oldida bo‘lib o‘tdi.

Yo‘riqnomada so‘zga chiqqan poytaxt IIBB boshlig‘i A.Tashpulatov o‘z nutqida xodimlar xizmatni hushyorlik bilan olib borishi, har qanday shubhali shaxslar va buyumlarga eʼtiborli bo‘lishi, aniqlangan huquqbuzarlik va jinoyatlar bo‘yicha zudlik bilan qonuniy chora ko‘rish kerakligini taʼkidladi.

Yo‘riqnomadan so‘ng barcha xodimlar xizmatni o‘tash uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishga jalb etildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech