21 Iyun 2024 Yil 1757

Tungi xizmat oldidan yo‘riqnoma o‘tkazildi

Poytaxt xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tunu kun xizmat olib bormoqda.

Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar uchun navbatdagi yo‘riqnoma bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Murodilla Aliqoriyev va Toshkent shahar MIB boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Jamoliddin Buriyev boshchiligida o‘tkazilgan yo‘riqnomada ichki ishlar organlari va MIB xodimlari ishtirok etdi.

Yo‘riqnomada polkovnik M.Aliqoriyev so‘zga chiqib, xodimlar xizmatni hushyorlik bilan olib borishi, har qanday shubhali shaxslar va buyumlarga eʼtiborli bo‘lishi, aniqlangan huquqbuzarlik va jinoyatlar bo‘yicha zudlik bilan qonuniy chora ko‘rish kerakligini taʼkidladi.

Yo‘riqnomadan so‘ng barcha xodimlar xizmatni o‘tash uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishga jalb etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech