Toshkent shahar IIBB da fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida ichki ishlar organlarida muntazam ravishda fuqarolar qabuli o‘tkazib kelinmoqda. Bugun poytaxt IIBB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabulda ham 30 ga yaqin fuqarolar o‘z murojaatlarini bayon qilishdi.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 12 tasi ma'muriy huquqbuzarlik va tergovga oid ishlar yuzasidan, 5 tasi ishga kirish va ijtimoiy himoya bo‘yicha, 2 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, 7 tasi probasiya ro‘xatidan chiqarish, 2 tasi boshqa masalalar yuzasidan bo‘ldi. Murojaatlarning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasi bo‘yicha malakali yuridik tushuntirishlar berildi, 19 ta murojaatlar qo‘shimcha tekshiruvni talab qilganligi bois tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, hal etish yuzasidan muddatlar belgilandi. Misol uchun, probatsiya hisobida turgan fuqarolar S.I., N.M., U.S., U.Q.lar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Fuqarolar O.O., B.T. va D.D.larga mahalla yettiligi bilan hamkorlikda moddiy yordam berilib ishga joylashtirildi.