3 Iyun 2024 Yil 1253

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida murojaatlar to‘liq nazoratga olinishi, zarur bo‘lganda joylarga chiqib o‘rganilishi va davlat idoralarining ular uchun doim ochiqligi taʼminlanmoqda.

O‘z navbatida, Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning may oyi davomida bosh boshqarma boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan tasdiqlangan jadval asosida Uchtepa, Sergeli, Yashnobod, Yangihayot, Bektemir, Chilonzor, Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek hamda Mirobod tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Mazkur qabullarda jami 117 nafar fuqaro qabul qilindi. Murojaatchilarning 4 nafari qilingan murojaatlari yuzasidan minnatdorchilik bildirishgan bo‘lsa, 15 nafar fuqaro moddiy yordam olish, 7 nafar fuqaro ishga joylashtirish, 5 nafar fuqaro kommunal to‘lovlardan qarzdorligi, 13 nafar fuqarolar uy-joy olish, 2 nafar fuqaro o‘qish va 3 nafari pasport almashtirish masalasida yordam berishni so‘radi.

Shuningdek, 54 ta murojaat tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlar bilan bog‘liq, 14 ta murojaat ichki ishlar safiga qabul qilish, boshqa viloyatda ishni davom ettirish kabi masalalarda bo‘lgan.

Kelib tushgan 117 ta murojaatlardan 67 tasi ijobiy hal etilib, 29 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 21 ta murojaat ijobiy hal etilishi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan va nazoratga olingan.

Barcha yangiliklar

Text to speech