1 Oktyabr 2023 Yil 608

Toshkent shahar IIBB faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi

1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan poytaxt ichki ishlar organlari faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi. Toshkent shahar IIBB tizimida turli lavozimlarda xizmat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan bir guruh faxriylar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan mukofotlandi.

Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga izchillik bilan tatbiq etish borasidagi samarali xizmatlari, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun isteʼfodagi polkovniklar Ibodulla Alikariyev, Farxodjon Muxamedjanov, isteʼfodagi podpolkovniklar Ziyautdin Xayruddinov, Dilbar Radjapova, Mavlan Azzamov hamda isteʼfodagi mayor Vyacheslav Kimlar “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik qo‘l soatlari bilan taqdirlandilar.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan taqdirlangan faxriylarimizni mukofotlar bilan hamda 1 oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabriklaymiz. 

Barcha yangiliklar

Text to speech