28 Avgust 2023 Yil 1375

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasida eng professional, barkamol, mas'uliyatli xodim -  "Eng yaxshi tergovchi” nominasiyasi bo‘yicha navbatdagi an'anaviy ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichida shahar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi va uning hududiy boshqarmalarida xizmat qilayotgan 12 nafar tergovchi va surishtiruvchilar o‘zaro bellashdi.

Ikki kun davomida tergovchilar jismoniy va maxsus tayyorgarlik, kasbiy bilim va mahorat yo‘nalishi bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra birinchi o‘rin hakamlar hay'ati tomonidan bir ovozdan Bektemir tumani IIB FMB Tergov bo‘limi katta tergovchisi katta leytenant N.Xasanovga berildi. Ikkinchi o‘rin Yashnobod tumani IIO FMB tergovchisi katta leytenant U.Fozilovga nasib etdi. Uchinchi o‘rin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi kapitan S.Fayzievga nasib etdi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va tegishli  diplomlar topshirildi. Katta leytenant N.Xasanov tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech