20 Yanvar 2025 Yil 311

Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasidagi tezkor tadbirlar o‘z samarasini bermoqda

O‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishga uringan shaxslar har davrda mavjud bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB hamda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlari o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxslarni qo‘lga oldilar. Xususan, joriy yilning 15-yanvar kuni ichki ishlar organlariga 69 yoshli Gulsara J. “Vivo” rusumli hamda 39 yoshli Diana Ch. “Redmi” rusumli telefoni o‘g‘irlanganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilganlar.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 1989-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.O. va 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan R.X. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Pul va boshqa qimmatbaho buyumlaringizni ko‘zga tashlanadigan joylarda saqlamang. Odamlar gavjum bo‘lgan jamoat joylarda sumka va kiyimingizning cho‘ntaklariga eʼtiborli bo‘ling.

Barcha yangiliklar

Text to speech