Toshkent shahar IIBB huzuridagi jamoatchilik kengashi vakillari ishtirokida press tur tashkil etildi
Kuni kecha poytaxt IIBB huzuridagi jamoatchilik kengashi vakillari uchun IIO xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishish va muammolarni o‘rganish maqsadida press tur o‘tkazildi. Dastlab kengash aʼzolariga Toshkent Shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati tanishtirildi. Markazda boshqa tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari va press tur ishtirokchilari o‘zlarining savollariga javob olishdi.
Shundan so‘ng Yangihayot tumanidagi 2-sonli IIB ga tashrif buyurildi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari Navbatchilik qismi xodimlari, profilaktika inspektori va xodimlar bilan bevosita suhbatlashdi, xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. 2-sonli IIB boshlig‘i ushbu hududdagi 7 ta mahallaga xizmat ko‘rsatilishi, ikkita mahalla yashil hududdaligi, 5 tasi esa sariq hudud toifasiga kiritilganligi, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash maqsadida xodimlar navbatchilik asosida tunu kun xizmat olib borishi haqida maʼlumot berdi.