15 Iyun 2024 Yil 1229

Toshkent shahar IIBB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar “Zakovat” intellektual o‘yinlarda bellashdi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy sport o‘yinlari va sport turlarini ommalashtirish, o‘g‘il-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, isteʼdodlarini namoyon etish, qobiliyat va tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahar IIBB va uning sohaviy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, «QVZ», “Yosh kitobxonlar oilasi” musobaqalari o‘tkaziladi.


Jumladan, yaqinda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan bosh boshqarma tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 


12 ta jamoa topqirlik va intellektual rivojlanish bo‘yicha bellashdi. Hakamlar hayʼati tomonidan berilgan savollarga o‘g‘il-qizlar belgilangan vaqt ichida to‘g‘ri javob berishga harakat qildi.


O‘yin keskin va qiziqarli kurashlarga boy bo‘ldi. Bellashuv yakuniga ko‘ra Olmazor tumanining «Experto» jamoasi birinchi,  Yashnobod tumanining “Qalqon” jamoasi ikkinchi va Olmazor tumanining “Milliy Mafkura” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.


Tadbir yakunida ishtirokchi va g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech