Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Manfaatlar to‘qnashuvi – taraqqiyot kushandasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakili professor Bahodir Karimov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi deganda, xodimning shaxsiy manfaati uning xizmat vazifalarini obyektiv bajarishiga taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan va qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat tushunilishini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.