19 Avgust 2024 Yil 1579

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat tayanchi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti vakili yuridik fanlari doktori, professor Salomat Niyozova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mustaqilligimizni asrash, erkin va farovon hayotga erishish, xalqparvar davlat barpo etish uchun, hech shubhasiz, qonun ustuvorligi taʼminlanishi kerakligini, qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda inson huquq va erkinliklari taʼminlanishini, bunday jamiyat esa xalqparvar davlatning tayanchi hamda suyanchiga aylanishini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, g‘oliblik va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech