16 Sentyabr 2024 Yil 447

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

          Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakili professor Akbar Zamonov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, har bir xalqning o‘z qahramonlari borligini, Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha kurashib, jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda o‘chmas iz qoldirgan ana shunday milliy qahramonimiz ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

          Shuningdek, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sanjar Qosimov tizimdagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi.

          Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Jaloliddin Manguberdi” nomli videorolik hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech