5 Aprel 2025 Yil 464

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Biz kim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz!” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakili professor Akbar Zamonov maʼruza qildi. 9 aprel kuni yurtimizda buyuk sarkarda va siyosatchi Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanadi. Shu sababli yig‘ilish ishtirokchilariga Toshkent shahar IIBBning iqtidorli xodimlaridan iborat “Nihol” jamoasi tomonidan sohibqironning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Shuningdek, “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Toshkent shahar IIBBda kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad poytaxt Ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonlik madaniyati, maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy bilimini oshirishdan iboratdir. Kitob yarmarkasida mamlakatimizdagi yirik nashriyot va matbaa korxonalari mahsulotlari namoyish etildi. Kitobsevarlar huquqiy mavzudagi yangi nashrlar, ilmiy-ommabop kitoblar, o‘zbek adabiyoti klassiklari, xorij mualliflarning asarlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: