29 Iyul 2024 Yil 1281

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Bugungi dunyoning geosiyosiy manzarasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakili Sherzod Sayfullayev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, geosiyosat - siyosiy tafakkurning yo‘nalishi bo‘lib, hududni nazorat qilish, turli davlatlar va davlatlararo birlashmalarning taʼsir doiralarini taqsimlash, shuningdek qayta taqsimlash qonuniyatlari mavjudligini, hozirgi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘ziga xos o‘rin tutishini, mustaqil davlat sifatida xalqaro aloqalarni o‘rnatishi hamda yana-da rivojlantirish uchun strategik imkoniyatlarga ega ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. So‘ngra 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri turli madaniyat vakillarining konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir davomida iqtidorli xodimlar va taklif etilgan mehmonlar tomonidan dunyoning turli tillarida do‘stlik, hamjihatlik, millatlararo bag‘rikenglik haqidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Barcha chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi va iliq xotiralar qoldirdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech