7 Dekabr 2024 Yil 274

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi general-mayor A.A.Tashpulatovning 8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, hamkasblar, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok boʻlgan xodimlarning yaqin qarindoshlari!

Sizlarni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilganligining 32 yilligi” munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Konstitutsiya – birligimiz, adolat va farovonligimizning poydevori. Unda erkinlik, suverenitet va tenglik kabi asosiy tamoyillar mustahkamlanib, mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolar huquqlarini mustahkamlashning ishonchli poydevori boʻlib xizmat qilmoqda.
Bu qutlugʻ kun bizga jamiyatda tinchlik, totuvlik va taraqqiyotni saqlashdek masʼuliyatimizni yana bir bor eslatadi. Har birimiz Konstitutsiyamiz qadriyatlaridan ruhlanib, yangi marralarni zabt etish, xalqimiz turmushini yaxshilash, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash yoʻlida harakat qilishimiz lozim.
Sizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik va Vatanimiz farovonligi yoʻlidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor
Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech