5 Oktyabr 2024 Yil 327

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi general-mayor Aziz Tashpulatovning tabrigi

5-oktyabr - Tezkor-qidiruv xizmati faxriylarini eʼzozlash, xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlar xotirasini yod etish, oʻrnak koʻrsatgan tezkor xodimlarni taqdirlash kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni, faxriylarni, xizmat vaqtida qahramonlarcha halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini tabriklayman! 

Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy hotirjamlik tilayman.  

Oʻz hayotini el-yurt tinchligi, osoyishtaligi uchun bagʻishlagan Siz va Sizning yaqinlaringiz kabi mard va olijanob, haqiqiy vatanparvar hamkasblarimizdan doimo gʻururlanamiz. Faxriylarimizning har bir oʻgiti biz uchun qadrli. Mashaqqatli, lekin sharafli boʻlgan sohada biz bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan xodimlarga hurmatimiz cheksizdir.  Siz bor ekansiz, yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta hayot kechiradi. Masʼuliyatli va mardonavor faoliyatingizda omad hamisha yor boʻlsin!


Hurmat bilan,

general-mayor Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech