Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bekning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda A.I.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar filiali vakili tarix fanlari doktori, professor Valiqul Ishquvatov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Mirzo Ulug‘bek - buyuk ajdodlarimiz orasida astronom-olim, matematik, tarixchi, musiqa hamda fors va arab sheʼriyati bilimdoni, jahon ilm-fani rivoji, tamadduni va umuminsoniy taraqqiyotga katta hissa qo‘shgan davlat arbobi ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.