2 Dekabr 2024 Yil 1315

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakili professor Marhabo Sobirova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ushbu g‘oya O‘zbekistonda adolatli, farovon va demokratik davlat barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosini tashkil etishini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.


Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat drama teatrining aktyorlari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilarga “Otasining qizi” nomli spektakl namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech