6 May 2024 Yil 604

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xotira va qadrlash – milliy qadriyat” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti vakili professor Avaz Yermatov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, 9 may – Xotira va qadrlash kuni bugun chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylanganligini, shu kuni Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar yodga olinishini, hayot bo‘lganlarining holidan xabar olinib, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatilishini, qolaversa, keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni ardoqlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech