27 Iyul 2024 Yil 1633

“Shirin” yolg‘on

Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 37 yoshli Ikromjon E. murojaat qilib, joriy yilning 30 iyun kuni tanishi 32 yoshli Dilshod T. uning ishonchiga kirib unga arzon narxda shakar olib berishni va'da qilib, 16.190 AQSh dollar pullarni olib, o‘z extiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu o‘rinda fuqarolardan firibgarlarning yolg‘on va'dalariga uchmasdan, o‘zlarining mablag‘lari hamda mol-mulklarini himoya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli fuqarolar! Ogox bo‘ling! Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!


Barcha yangiliklar

Text to speech