14 Avgust 2024 Yil 1744

Shayxontohur tumani 3-sektorning yoshlarga oid faoliyati to‘g‘risida

Shayxontohur tumani 3-sektor rahbari, tuman IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Otabek Jamolov xorijiy migratsiyada yurgan bir qator yoshlar bilan “Xorijdagi vatandoshlar” loyihasi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoy, Qozoqiston, Turkiya, Rossiya va Malayziya kabi davlatlarda mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi hamda aniqlangan muammolarni yechish va maʼlum natijalarga erishish uchun chora-tadbirlar belgilandi.

Bundan tashqari, 3-sektor rahbari o‘ziga biriktirgan mahallalarda xizmat olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan muloqot qilib, ular tomonidan bajarilgan ishlar muhokama qilindi, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar tahlil qilindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech