30 Iyul 2024 Yil 670

Saylov qonunchiligini buzganlik uchun qanday javobgarliklar bor?

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan saylov natijalariga taʼsir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻgʻrisida ataylab yolgʻon maʼlumotlarni eʼlon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish

— fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


Jinoyat kodeksga asosan esa saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari aʼzolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab notoʻgʻri hisoblash 

— bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech