3 Iyun 2024 Yil 1081

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir “Bolalar huquqi va uning ijtimoiy kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani), bolalar huquqlari taʼminlanishini monitoring qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Sattor Raxmatovning maʼruzasi tinglandi. Maʼruzachi mamlakatimizda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, bugungi kunda  uning to‘laqonli qonunchilik asoslari yaratilganligini taʼkidladi. Yurtimizda  bolalarimizning barkamol  bo‘lib voyaga yetishishi, aqliy va jismoniy jihatdan sog‘lom ulg‘ayishi uchun eng kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. Dini, irqi, rangi, millatidan qatʼiy nazar vatanimizdagi barcha  farzandlar ana shu imkoniyatlardan foydalanish huquqiga ega va foydalanib kelmoqda. Maʼruzachi bolalar huquqlarini kafolatlash va ularni xalqaro standartlar va milliy mexanizmlar orqali amalga oshirish ishlari uzluksiz olib borilayotganini qayd etdi.

Sardor Raxmatovning maʼruzasi tadbir qatnashchilari tomonidan iliq kutib olindi. Maʼruzadan so‘ng mazkur mavzuga bag‘ishlangan videorolik shaxsiy tarkib eʼtiboriga havola etildi.

Qisqa lavhadan so‘ng xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh fidoiy xodimlarga navbatdagi unvonlar tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida rag‘batlantirilgan xodimlar yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida kuch-g‘ayratlarini ayamasliklarini izhor etishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech