3 Iyun 2024 Yil 1460

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi ayol kishiga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 1-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Yashnobod tumani, Ohangrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida, 1998-yilda tug‘ilgan, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi A.A. qo‘shnisi 1986-yilda tug‘ilgan N.X. va uning voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng A.A. fuqaro N.X. ni sochidan sudrab kuch ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech