8 Iyul 2024 Yil 2139

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20.25 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 y.t. N.T., 1993 y.t. S.Q., 1987 y.t. D.Q., 1995 y.t. H.Q., 1994 y.t. J.I., 1997 y.t. Sh.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q,, H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazishgan. So‘ng N.T.ni o‘zligi kelgan avtomashinada uyi oldiga olib borishgan.

N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech