17 Iyun 2024 Yil 2139

Rasmiy maʼlumot

Joriy yilning 16 iyun kuni taxminan soat 15.30 larda Bektemir tumanidagi Xusayn Boyqaro shox ko‘chasida elektr avtobus haydovchisi 1989 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. va Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi 1972 yilda tug‘ilgan R.I., Zaz-1102 rusumli avtomashina haydovchisi F.Z. o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.

Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, janjal sababi: avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech