17 Sentyabr 2024 Yil 249

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro tomonidan boshqa shaxsga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992 yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar: M.I.ning qizi va T.T.ni ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.

Birlamchi tibbiy maʼlumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga “Chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech