24 Iyul 2024 Yil 1645

Qoraqarag‘ay o‘g‘irlandi

Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra,  joriy yilning 6 iyulida  nomaʼlum kimsa  51-yoshli E.Vaziraga tegishli fermer xo‘jaligi hududiga kirib, 7 dona  35.000.000 so‘mlik qoraqarag‘ayni o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlangan 35 yoshli T.Dilmurod  ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Unutmang, o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan daraxt va butalarni o‘g‘irlash ham jinoyat hisoblanadi.


Barcha yangiliklar

Text to speech